Restoran uchun stol QR kodi

Stoldagi QR kod — menyu, buyurtma va hisob mehmon telefonida

Mehmon QR kodni skanerlaydi va restoraningiz menyusi darhol ochiladi. Ilova yuklash ham, ro'yxatdan o'tish ham kerak emas — buyurtma to'g'ridan-to'g'ri kassaga tushadi.

O'rnatish bepul — menyu laCafe panelingizdan olinadi.

3 qadam

Skanerlaydi, tanlaydi — buyurtma kassada

Mehmon ofitsiantni kutmaydi, ofitsiant buyurtmani qo'lda kiritmaydi.

Skanerlaydi. Mehmon stoldagi QR kodni kamera bilan ochadi — sahifa bir soniyada yuklanadi.
Buyurtma beradi. Menyudan taom tanlaydi, savatga qo'shadi va yuboradi.
Kassaga tushadi. Buyurtma stol raqami bilan kassaga va oshxonaga keladi — xuddi ofitsiant kiritgandek.
Imkoniyatlar

Mehmonga kerak bo'lgan hamma narsa — bitta sahifada

laQR menyu, buyurtma, chaqiruv va hisobni birlashtiradi. Hammasi mehmon brauzerida ishlaydi.

Menyu va savat

Rasmlar, bo'limlar, qidiruv va modifikatorlar. Stopdagi taomlar ko'rinmaydi.

Ofitsiant chaqirish

Bir bosishda — chaqiruv panel navbatida darhol ko'rinadi.

Hisob va to'lov

Mehmon hisobni ko'radi va naqd, karta yoki onlayn to'lovni o'zi tanlaydi.

Izoh va baho

Buyurtmadan keyin mehmon fikrini qoldiradi — siz uni panelda ko'rasiz.

O'zbek, rus, ingliz

Mehmon tilni o'zi tanlaydi. Taom nomlari tarjimasi paneldan olinadi.

O'z domeningiz

qr.restoran.uz kabi manzilni ulang — DNS'da TXT yozuv bilan tasdiqlanadi.

Sizning ko'rinishingiz

Restoraningiz uslubida, mehmon tilida

  • Yorug' yoki qorong'i mavzu — yoki mehmon tanlovi
  • Bannerlar va storiylar menyu tepasida
  • Tugagan taom avtomatik yashiriladi
  • Hisob sahifasi: nima buyurtma qilingan va qancha to'lanadi
  • Bitta restoranda bir nechta laQR nusxasi — har biri o'z domenida
laCafe ilovalar do'koni

Restoraningizga o'rnating

laQR laCafe ilovalar do'konida bepul. O'rnatganingizdan so'ng menyu laCafe panelidan olinadi — alohida kiritish shart emas.

  1. laCafe paneliga kiringHisobingiz bo'lmasa — lacafe.uz orqali ulaning.
  2. Ilovalar do'koni → laQR → O'rnatishIlova restoraningiz menyusiga bir bosishda ulanadi.
  3. Stollar uchun QR kodlarni chop etinglaQR bo'limida stollar yaratiladi va har biriga QR kod beriladi.

Ko'p beriladigan savollar

Mehmon ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. QR kod telefon brauzerida ochiladi — ro'yxatdan o'tish ham shart emas. Telefon raqami faqat mehmon xohlasa so'raladi.

Buyurtma qayerga tushadi?

Stol raqami bilan laCafe paneliga va kassaga — xuddi ofitsiant kiritgandek. Oshxona uni odatdagidek oladi.

Menyuni qayerda to'ldiraman?

laCafe panelidagi menyuda: bo'limlar, taomlar, rasmlar, narxlar va tarjimalar. laQR o'sha menyuni ko'rsatadi.

QR kodlarni qanday olaman?

Panelning laQR bo'limida stollarni yaratasiz — har stolga alohida QR kod chiqadi, uni chop etib stolga qo'yasiz.

O'z domenimda ochsa bo'ladimi?

Ha. qr.restoran.uz kabi manzilni laQR sozlamasida ulaysiz — DNS'da TXT yozuvi bilan tasdiqlanadi.

laQR qancha turadi?

laCafe do'konida bepul o'rnatiladi.